Huquqiy madaniyatni oshirish uchun…

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonidagi asosiy yangiliklar yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi. Unda adliya boshqarmasi rahbar va xodimlari, OAV, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Anjumanda adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qilayotir. Qoraversa, “Online-mahalla” platformasi huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash va ularga huquqiy tushuntirishlar berib kelmoqda. Ayni chora-tadbirlarga hamohang tarzda barcha shahar va tumanlarda “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari tashkil qilinishi aholi huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Anjumanda Adliya boshqarma boshlig‘i S.Abdurasulov Farmon yuzasidan jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘z vazifasiga tiklandi

Oltinsoy tumanida yashovchi Nizomiddin Payziyev ish beruvchining noqonuniy harakatlaridan...

Qatʼiyat va chidamlilikni mustahkamlaydi

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va insonlar farovonligi, eng avvalo,...

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...
KunTun
KunTun