Ro‘zg‘origa baraka inib…

Date:

Pilla deganda mittigina ipak qurtining g‘imir-g‘imir g‘umbak to‘qiyotgani, ko‘zlangan maqsadga yetgunga qadar esa ipak qurti bilan baravar mehnat qilib, uni parvarishlayotgan onaxonlarimizning zahmatli mehnati ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ha, ipak qurti boqishning o‘zi bo‘lmaydi. Vohamizda har mavsumni shijoat bilan boshlab, mo‘l hosil bilan belgilangan rejani oshig‘i bilan bajarib yuzi yorug‘ bo‘layotgan pillakorlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning mashaqqatli mehnatini e’tirof etish lozim.
Ana shunday pillakorlarimizdan biri sho‘rchilik Mohira Isaevadir. Pillakor ayol 4 yildan buyon pilla yetishtirishdek mashaqqatli ishning uddasidan chiqib kelmoqda. Har yili rejadagi pillani ortig‘i bilan topshiradi. Bu yil ham hosildan umidi katta. Avvallari onasi va qo‘shnilarning pillasini boqishga yordamlashib, dastyorlik qilib yurgan qahramonimizning o‘zi endi tajribali pillkorga aylangan. Mustaqil ravishda pilla boqib, foydali mehnat bilan band bo‘lish bilan birga ro‘zg‘origa baraka baraka ham kiritmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun