Qoidalarga o‘zgartirish kiritildi

Date:

Har birimiz qanday ish qilmaylik, eng avvalo, insonmiz. Aybimiz, huquqbuzarligimiz ham shaxsiyatimizga putur yetkazishga asos bo‘la olmaydi. Eng avvalo, qonunlarimiz bunga yo‘l qo‘ymaydi. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamma bilan bir huquq va imtiyoz, imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Ichki ishlar vazirligi “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi idoralararo buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Hujjat loyihasi bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning saylov jarayonida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi yoritilib, nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlari takomillashtirilmoqda hamda manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlash yuzasidan Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etish huquqi kiritilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun