Vatanparvarlik tadbirida

Date:

Vatanparvarlik tadbirida
Kamondan o‘q otish uchun mo‘ljalni olganmisiz? O‘qingiz nishonga tegsachi, buning xursandchiligi inson uchun ajib his-tuyg‘u va taassurotlarni uyg‘otishi aniq. Yoki bo‘lmasa, xizmat itlari bilan qandaydir topshiriqni bajarishchi? Bunday holat faqat kinolarda bo‘lishiga odatlanganimiz ham haqiqat.
Ammo Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik tadbirida ishtirok etgan otaliqqa olingan yoshlar hamda umumta’lim maktablarining o‘quvchilari bunday holatlarni o‘z boshlaridan kechirishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilari Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi mavjud maxsus jihozlar, harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlaridan bahramand bo‘lib, kamondan otish, ot sporti turlari bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun