Prokuror tashabbusi bilan…

Date:

Savobli ishlardan eng kattasi daraxt ekish, masjid-u madrasalar, kutubxonalar qurdirishdir. Chunki bu orqali hozir ham, bizdan keyin ham odamlar daraxtning soya-salqinidan, mevasidan bahramand bo‘ladi, masjidda ibodat qilsa, kutubxona orqali ma’naviyatini yuksaltiradi. Surxondaryo viloyat prokurori ham ana shunday savobli ishga bosh qo‘shdi.
Uning tavsiyasiga ko‘ra, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yanada yaxshilash hamda huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Germaniya tajribasi o‘rganilib, joylarda zamonaviy jamoatchilik kutubxonasi tashkil etilmoqda. Xususan, Uzun hamda Boysun tumani 2-sektor rahbarlarining tashabbusi bilan bepul kutubxonalar tashkil qilindi. Har bir kutubxonada jahon va o‘zbek adabiyotining nodir asarlari, siyosiy hamda ijtimoiy sohadagi 250 dan ortiq kitoblar joy olgan.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha 15 ta jamoatchilik kutubxonasi tashkil etilib, ularga jami uch mingdan ziyod foydali adabiyotlar jamlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun