Mahallangizga sport maydonchasini sovg‘a qiling

Date:

Sport sog‘lik garovi. Yoshmi-keksami sog‘lom turmush tarziga amal qilsa, doimo sport bilan shug‘ullanib tursa, hech qanday dard ham, ortiqcha vazn ham bezovta qilmaydi. Ana shunday paytda o‘zimiz yashaydigan hududda yoki mahallada sport maydonchasi bo‘lsa, bu yanada qulaylik yaratardi. Bu esa davlat dasturidan mablag‘ ajratilishini yoki “Open byudjet” orqali mablag‘ yutib olishimiz kerakligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda. Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.
Ha aytgancha, ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun