Aliment o‘rniga uy qurib berdi…

Date:

Oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammo, og‘riqli nuqtamiz. Zarar ko‘radiganlar esa norasida farzandlar, ularning ta’minoti masalasidir.
Afsuski, shunday holatlarda farzandlar taqdiriga befarq qaraydiganlar ham bor. Shukrki, farzandini tashlab qo‘ymaydigan, g‘amxo‘rlik ko‘rsatadiganlar, ayrim otalarga eng yaxshi ibrat va namuna timsoli bo‘lib kelmoqda. To‘g‘ri, ularning oila atalmish qo‘rg‘onlarini darz ketishiga sababchi ekanliklarini oqlab bo‘lmaydi.
Denovlik ota A.R. farzandlari uchun aliment to‘lovini to‘lash bilan birga 5 xonali uy qurib, qurilishi davom etayotgan uyni farzandlari nomiga rasmiylashtirib berdi.
Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, ijro hujjati belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatilib, otaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun