Surxondaryoga xorijiy investitsiya kiritiladi

Date:

Bozor-o‘char qilganda, umuman qo‘limizda qandaydir yuk bo‘lsa, albatta, uni paketlarga joylab, olib yurish uchun qulay sharoit yaratamiz. Ana shunday paytda polietilen paketlar jonimizga ora kiradi. Janubiy Koreyaning IKC Construction korxonasi polietilen paketlarni Surxondaryoda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Janubiy Koreyaning IKC Construction korxonasi rahbari Seog Gi Sonni qabul qildi. Mazkur korxona vakillari bilan o‘tkazilgan oldingi uchrashuvlarda vohamizda nafaqat polietilen paketlar, balki qurilish materiallari ham ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga kelishilib olingan edi. Bugungi uchrashuvda ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi mahalliy kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot bo‘lib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun