Ibratli tashabbus

Date:

Har bir inson bolalikdan mehr-shafqatli, hayvonlarga va dov-daraxtlarga, gullarga nisbatan g‘amxo‘r kayfiyatda bo‘ladi. Kattalarning birdan-bir vazifasi bolalardagi bunday jihat va hislatlarni yanada kuchaytirishlari lozim. Bunda faqat pedagoglar mas’ul deydiganlar adashadi. Bola oila muhitida, ota-ona tarbiyasida ulg‘ayar ekan, demak ota-onalarning-da bu borada mas’uliyati katta.
Ana shundagina bola mehnatsevar, ijodkor, jamiyatga, tiriklikka nisbatan g‘amxo‘r bo‘lib ulg‘ayadi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Boysun tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ana shunday mehnatkash oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda yasalgan qush inlari hamda maktab hovlisida tashkil etilgan bogʻda gul va manzarali koʻchatlarni ota-onalar ishtirokida ekish va inlarni oʻrnatish ishlari olib borildi.
— Ushbu tadbir “Otalar kuni”da otalarga oʻzgacha quvonch bagʻishladi. Farzandlarimiz bilan uy ishlari, jismoniy mehnat, qolaversa, mustaqil ishlashga imkoniyat boʻldi. Bugungi tashkil etilgan tashabbusli loyiha biz ota-onalarni juda xursand qildi. Jonajon maktab hovlisida bogʻ tashkil etilib, farzadlarimiz tomonidan mustaqil yasagan qushlar uchun inlari birgalikda oʻrnatildi. “Bu xayrli ishni tashkil etgan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz” — deydi Sherzod Qodirov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun