Qishloq xo‘jaligi vaziri Angorda

Date:

Dehqonchilik voha ahlining sevimli mashg‘uloti, asosiy daromad manbai hamdir. Yerning hadisini olgan dehqon va fermerlarimiz yilda bir necha bor hosil olishadi. Olganda ham barokatli, mo‘l hosil olishadi. Shundan qishin-yozib bozorlarimizda narx-navo arzon, xorijiy davlatlar ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizning xaridori bo‘lishayotir.
Albatta, bunday natijaga erishishda dehqon va fermerlarimizning tinib-tinchimasligi, boy tarjribasi sababdir. Ayni holat bilan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Angor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Bahor va Ilg‘or mahallalarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, ularning faoliyati bilan qiziqdi. Shundan so‘ng, tashrif “Top Quality Brand” MCHJda davom etdi. Terini qayta ishlash va poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun