Tezkor choralar ko‘rish uchun…

Date:

Tabiiy ofatlar so‘rab kelmaydi. Shunday ekan, har birimiz ogoh va xushyor bo‘lishimiz, bordi-yu favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgudek bo‘lsa, unga tayyor turishimiz, o‘zimiz va imkoni bo‘lsa, o‘zgalar hayotini asrashga harakat qilishimiz kerak. Ayniqsa, soha xodimlari ham tezkor choralar ko‘rishlari lozim. Shu jihatlarni inobatga olgan holda Termiz tumani “Uchqizil” suv omborida hududida bahor-yoz mavsumida suv toshqinlari hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, milliy gvardiyaning tuman bo‘limlari, elektr va gaz ta’minoti korxonalari hamda viloyat suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi mas’ul xodimlari obyekt hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam qanday ko‘rsatilishini ko‘rsatib berdilar. Qolaversa, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda boshqa tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishda FVDqTlarining o‘zaro hamorlikdagi harakatini muvofiqlashtirish bo‘yicha sinov mashqlari o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun