Kitobxonlik – teran fikr asosidir

Date:

Kitob – kishi hayotini charog‘on aylaguvchi so‘nmas nur, unga mazmun baxsh etguvchi saodat manbaidir. Kitob mutoalasi esa, insonni mulohaza bilan ish yuritishga o‘rgatadi. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlod qalbida kitobga bo‘lgan muhabbat, millat tamadduniga daxldorlik hissini shakillantirish va bu bilan ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini tashkil etildi. Munozaralarga boy bo‘lgan musobaqada ishtirokchi jamoalar “Temur tuzuklari”, Mirmuhsinning “Xo‘jand qal’asi”, Said Ahmad qalamiga mansub “Ufq” va Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asarlaridan tayyorlangan savollar bo‘yicha bahs olib bordilar.
Intellektual o‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra, Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun