Surxondaryodagi 90 ta maktab “Zamonaviy maktab” maqomiga ega

Date:

Ta’lim tizimida barcha shart-sharoitlarni yaratish yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Bugungi zamon talabi esa maktablarda munosib ta’lim-tarbiya berilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
O‘z navbatida bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘gʼrisida”gi Farmoni hamda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi qarori qabul qilingan. Ho‘sh, maktablarga zamonaviy maqomini bera olamizmi?
Amalga oshirilgan ishlar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan viloyatimizdagi maktablarda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablarni baholash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra viloyatdagi 90 ta maktab (39,1 %) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi. Shundan 10 ta maktab 2-darajali va 80 ta maktab 3-darajali sertifikatlarga loyiq ko‘rildi.
Denov tumanida tashkil etilgan tadbir davomida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan mazkur maktab rahbarlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda istiqlol taronalari yangradi

Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon...

“Bukhara Open”dan 10 medal

Buxoro shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Bukhara Open” VII xalqaro...

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...
KunTun
KunTun