Zilziladan qo‘rqmaymiz

Date:

Yer qimirlab qolsa bormi, vahimaga tushamiz, o‘zimiz va oilamiz jonini asrash maqsadida ochiqlikka turishga harakat qilamiz. Ayniqsa, ko‘pqavatli xonadonlarda turuvchi insonlar uylari zilzilaga bardoshlimikan, jonimiz va mulkimizga zarar yetmasmikan degan xadikda bo‘lishlari aniq. Axir, Turkiyada bo‘lgan kuchli zilzilalar hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. ayni jihatlarni hisobga olgan holda “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yil 1-iyuldan esa yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Shu muddatga qadar respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.
2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.
Texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion inyektsiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
2024-yil 1-maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Zilzila muhandisligi olimlari assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya) tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun