Samarqand tumani badiiy jamoasi Boysunda

Date:

Har bir hududning o‘ziga xos urf-odatlari, udumlari, qadriyatlari bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi, milliy san’ati ham ayni hududdan kelib chiqqan holda rivojlanadi, sayqal topadi. Respublikamizning qay hududiga bormaylik, ayni jihatlar e’tiborimizni tortib, olam-olam zavq olamiz.


Bu safar esa qaysidir hudud yoki viloyatga borish shart bo‘lmadi. Samarqand tumani badiiy jamoasi “Samarqand viloyati madaniyat kunlari” doirasida Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Tumandagi madaniyat markazida tashkil etilgan konsert-tomosha dasturi boysunliklar qalbini xushnud ayladi.
Konsert dasturi davomida tomoshabinlar milliy maqomchilik san’atimizni o‘zida mujassam etgan mumtoz va samarqandcha kuy-qo‘shiqlar hamda sho‘x raqslarni tinglab tomosha qildilar va raqsga tushdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun