Yana bir sirop dorixonalardan qaytarib olindi

Date:

Hali-hamon “Doc1max” siropining og‘riqli mashmashalari yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Murg‘ak jonlarning uzilgani esa hammasidan ayanchli. Bu bizga unutilmas saboq bo‘ldi. Farzandlarimizga shifokor tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan muolajaa qilmaydigan, har qanday dori vositasini bozordan shirinlik olganday olmaydigan bo‘ldik.
Ana shunday paytda yana bir sirop dorixonalardan qaytarib olindi. «Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalar ham bekor qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda «Rinotin kids» siropi sifati haqida tanqidiy postlar e’lon qilindi. Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.
Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig‘i berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi. Shu kunga qadar korxona tomonidan 28 ta dorixonadan mahsulotlar qaytarib olingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun