Nafaqat ichki bozorlarimizga, eksportga ham yo‘naltirilmoqda

Date:

Bozorlarimizda sabzavot ekinlarining narxi ancha arzon, bu esa aholiga qulaylik tug‘diradi, dasturxoni to‘kin-sochinligiga xizmat qiladi. Vohamizda yilda bir necha bor hosil olish imkoni borligi narx-navoni oshib ketmasligiga, sifatli mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishiga sabab bo‘layotir. Muzrabotlik mirishkorlar respublikamizda birinchilardan bo‘lib piyoz mahsulotini yetishtirib, sotuvga chiqarishgani fikrimizni dalillaydi.
Ayni kunlarda esa tumanning “Mehnatobod”, “Yangi hayot”, “Nurli hayot”, “Yangi diyor” mahallalarida “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida piyoz qazish, yuklash ishlari olib borilmoqda. Ayni jarayonni ko‘rish, kuzatish maqsadida Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov “Yangi hayot” mahallasida bo‘lib, fuqaro Jo‘raqulov Rajab akaning xonadonidagi 20 sotixli tomorqada yetishtirilgan piyoz mahsulotlarini qazish yuklash jarayonlari bilan tanishdi.
Quvonarlisi, ushbu piyozlar nafaqat bozorlarimizda sifat va narx bo‘yicha peshqadam, balki ortiqchasi eksportga yo‘naltirilayotgani bilan ahamiyatli.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...
KunTun
KunTun