“Yashil bog‘lar” soni ortmoqda

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi sabab yurtimiz bog‘-u bo‘stonga, gulzorga aylanayotir. Har qadamda insonning bahri dilini ochguvchi anvoyi gullar, kurtak ochib, barg yozgan daraxt ko‘chatlariga ko‘zingiz tushadi. Ha, bu daraxtlar kun kelib, gurkirab yashnaydi, soyasi-yu mevasidan el bahramand bo‘ladi. Ana shunday ezgu niyatni ko‘zlagan ezgu tashabbus sabab bugun cho‘l-u dashtlar ham yashillikka burkanayotgani haqiqat.
Xususan, Sariosiyo tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bo‘yrapusht” mahallasi hududidagi 4 gektar yer maydonida hashar tashkil etildi. Ushbu hasharda, tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarning 1 500 ga yaqin rahbar hamda xodimlari va faollar ishtirok etdi. Hashar davomida 3 800 dan ziyod mevali (Dashnobod anor ko‘chati) va 300 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun