“Xorijga ish – mahalladan”

Date:

Ko‘pchilik o‘ziga munosib ish topa olmay, chet elga ishlash qaroriga keladi. Shunday paytda qayerga murojaat qilish kerakligini bilmay, tanish-bilishlar bilan bog‘lanib, ish qidirishga tushishadi. Bunday holatda “ishlayman” deb aldanib qolish, odam savdosi qurboni bo‘lish ham hech gap emas. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi.
Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi. Kasbiy malakasi yo‘q va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga o‘qitish va profta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga o‘rgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi. Chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun