“Bo‘lajak sudya” nominatsiyasi bo‘yicha

Date:

Sud-huquq sohasida tahsil olayotgan yosh borki, o‘zini bo‘lajak yurist, huquqshunosdek his etadi. Albatta, bunday hissiyotlar tagzamirida katta maqsad, intilish mujassam. Bo‘lajak sudyalar nazariy bilim olish bilan birga, sud ishlarida ham ishtirok etib, olgan bilimlarini amaliyot bilan mustahkalamoqdalar. Zero, amaliyot tajriba va sohaga qiziqishni oshirib boradi.
Termiz davlat universitetining yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, talabalari o‘rtasida “Bo‘lajak sudya” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlovda har bir bir guruhda 5 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lgan 4 ta guruh ishtirok etdi.
Tanlov ikki qismidan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda sohaga oid savollarga javob berish tarzida o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda sud jarayoni ko‘rinishidagi sahna ko‘rinishi qo‘yib berishlari belgilandi. Shu tariqa bilim va ko‘nikmalar, mahorat va iste’dodlar sinalgan tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot sari 1000 qadam

Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Yoz–2026”...

Qaldirg‘och

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt...

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...
KunTun
KunTun