O‘z vaqtida…

Date:

Yo‘llar uzoqni yaqin, hududlarni bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Yo‘llarimiz ravon bo‘lsa, hech bir qiyinchiliksiz manzilimizga yetib olamiz. So‘nggi yillarda yo‘lsozlik sohasiga katta e’tibor qaratilayotirki, tuman va qishloqlar, chekka hududlarimiz yo‘llari ham shahardagidan qolishmaydi, tekis va ravon. O‘z navbatida aholi ham bunday sa’y-harakatlardan, qulayliklardan mamnun. Sho‘rchi tumanidagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R101 “Jarqo‘rg‘on sh.—Kakaydi sh.—Lalmikor q.—Xushcheka q.—Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 79-kilometr qismida “Xushchekka” mahallasidan o‘tuvchi ko‘prik mavjud bo‘lib, ushbu ko‘prikning qurish ishlari davom ettirilmoqda.
Boshlangan ishlar jadallik bilan amalga oshirilib, ayni paytda mazkur obyektda loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan oraliq qurilmalarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu murakkab muhandislik inshootida olib borilayotgan qurilish ishlari belgilangan muddatda nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun