Migrantlar uchun qulaylik

Date:

Ko‘pchilik xorijda ishlashni istaydi-yu, yo‘l va boshqa xarajatlari sabab bu istakni amalga oshira olmay turadi. Migrantlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning ishchi viza, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakasini baholatish xarajatlari qisman qoplanadi. Bu kabi takliflar Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi. Davlat rahbari sohada fuqarolarga qulayliklar yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning bandligini ta’minlash vazifalarini qo‘ygan edi. Shu bois mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi. Xorijdagi fuqarolarimiz masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan “koll-markazlar” tashkil etiladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish ham muhim masala. Shu bois, Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetishtirib, daromad olishi uchun moliyaviy ko‘mak beriladi hamda boshqa turdagi bandlik xizmatlari ko‘rsatiladi. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratiladi. Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. “Inson” markazlari tomonidan ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘m subsidiya beriladi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard so‘m ajratiladi.
Davlat rahbari bu tizimni samarali yo‘lga qo‘yib, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ro‘zg‘origa baraka inib…

Pilla deganda mittigina ipak qurtining g‘imir-g‘imir g‘umbak to‘qiyotgani, ko‘zlangan...

“Karyera kuni”: 120 nafar fuqaro ishga joylashdi

Yoshlikdan maqsadni va marrani katta olamiz. Qiziqishlarimiz baland bo‘lgan...

“Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Jizzax shahrida “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat...

Muzeyimiz eksponantlari dunyoning nufuzli ko‘rgazmalarida…

Ayrim rivojlangan davlatlarda muzey eshigi oldida uzoq navbatlar kutishadi....
KunTun
KunTun