Munosib ishtirok etdi

Date:

Ona zamin ohanglarini shu zaminda tug‘ilgan, tuprog‘i hidini his etib, milliyligini, qadriyatlarini o‘ziniki qilganlargina yaxshi biladi. Ularning qoni, joni, butun vujudi ona yurt bilan bog‘lanib, qalbi san’atiga jo bo‘lgan bo‘ladi. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalarining chiqishlarini tomosha qilsak, dildan yayraymiz. Bu chiqishlar qandaydir jonli, qalbga yaqin va ohanrabosi bordek, qayta va qayta tinglab tomosha qilish istagini alangalataveradi.
Ana shunday iqtidorlarni kashf etuvchi “Ona zamin ohanglari” respublika teletanlovining viloyat bosqichida Sariosiyo tuman madaniyat boʻlimi tasarrufidagi 44-son Dashnobod madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Dashnobod anori” faxrli 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan edi. “Dashnobod anori” folklor-etnografik jamoasi tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etib, vohamiz sharafini munosib himoya qildi, milliyligimizni, qadriyat-u san’atimizni namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun