Tanlovga start berildi

Date:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Viloyatimizda mazkur tanlovning tuman(shahar) bosqichlariga start berildi.


1-6-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tanlovda hududlardagi umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilaridan tarkib topgan teatr jamoalari ishtirok etib, belgilangan Nizomga asosan, o‘zaro bellashishmoqda. To‘g‘ri, hali ustida ishlanishi lozim bo‘lgan spektakl tomoshalari ham bor. Lekin shu bilan birga, har bir teatr jamoalarida yarq etib ko‘ringan ijodkorlar, aktyorlarni topish mumkin. Ayniqsa, ko‘tarilgan mavzular kishini o‘ylashga, mushohada qilishga, kerakli xulosani chiqarishga undashi bilan ahamiyatli.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun