“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

Date:

Kitob — eng yaxshi do‘st, eng yaxshi yo‘ldosh. U beradigan ma’naviy ozuqadan tashqari insonlarni bir-biri bilan bog‘laydigan, mulohaza qilishga, munozaraga chorlaydigan vosita hamdir. Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida 2-aprel — “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida kitobxonlik haftaligi boshlandi.
Tadbirlar shukuhi o‘zgacha ruhda boshlandi. Birinchi navbatda haftalik doirasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari barchada katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari ham kitobxon yoshlarni e’tiborsiz qoldirmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun