Huquqiy maslahat berildi

Date:

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi Yoshlar markazida binosida “Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi tashkil etildi. Unda yuristlar va notariuslar tomonidan aholiga bepul yuridik maslahatlar berildi.
Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, xalq bilan o‘zaro aloqalar mexanizmini yaratish, huquqni qo‘llash sohasida mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi.
Aksiya doirasida Termiz shahrida yashovchi fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish uchun Surxondaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvi notariuslar jalb etildi. Aksiya doirasida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga turli huquqiy muammoli masalalarda, shu jumladan oilaviy munosabatlar, sud-huquq masalasi, inson huquqlari, jinoiy huquq masalalari, vorislik huquqi, nikox bilan bog‘liq masalalarda, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq (hadya, oldi – sotdi shartnomalari, ayriboshlash shartnomalari), hujjatlar tarjimasini bir tildan boshqa tilga o‘girish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtomototransport vositalarini rasmiylashtrish, uy joy bo‘yicha ishonchnoma maslaxati, sudga ishonchnoma berish, garov shartnomasini rasmiylashtirish, kafillik xati berish va meros masalalari yuzasidan yuridik yordam ko‘rsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

IJTIMOIY, BADIIY VA SIMVOLIK TALQIN

Inson sivilizatsiyasi tarixida bronza davri alohida o‘rin tutadi. Aynan...

Sport — uzoq umr garovi

Jismoniy tarbiya inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilashning asosiy...

Qadimdan bugungacha davom etayotgan g‘amxo‘rlik

Stomatologiya (lotincha stoma — og‘iz bo‘shlig‘i, logos — ta’limot)...

“KAFOLAT MABLAG‘I KIRITISH” INSTITUTI JORIY ETILDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini...
KunTun
KunTun