Raqsiga tasanno o‘qib…

Date:

Sahna o‘rtasida raqqosalarga jo‘shqinlik ulashib raqs tushayotgan, tushayotganda ham butun borliqni unutib, ohanga mos harakatlar qilayotgan raqqos amaki e’tiborimizni tortdi. Yoshi 50 dan oshgan, qotmagan kelgan bu insonni kuzatib turib, so‘ng suhbatga tortdik.
— Asli Boysun tuman madaniyat uyining qorovuliman. Boysunimda har bir inson, yosh-u keksa mendek raqsga tushmasa, u boysunlik emas. Milliy san’atimiz qonimizga singib ketganidanmi, xalq og‘zaki ijodini eshitib ulg‘ayganimizdanmi, har bir harakatimiz raqsga o‘xshab ketadi. Mana uzoq yillardan buyon Navro‘z sayillarida, festivallarda ishtirok etib, xalqimizga o‘z san’atimizni namoyish etib kelyapmiz, — deydi Musulmon Nazarov.
Musulmon Nazarov o‘zining 60 bahorini qarshi olayotgan bo‘lsa-da, hali abjir va chaqqon. Buni san’atning, raqsning kuchi deb biladigan qahramonimiz “raqsga tushgan insonning tanasiga kasallik yaqin yo‘lay olmasligini, sog‘lom va yosh ko‘rinishi”ni ham qo‘shimcha qiladi. Bir necha yil avval respublikamizning Navro‘z sayliga Boysun folklor jamoalari jo‘natilayotganda raqqos yetishmaganida ham aynan Musulmon Nazarovning tanlangani ham raqqosning mahoratini oshkor qilganday bo‘ladi. “Boysuncha”, “Yakku-yak” kabi qator qo‘shiqlarga raqsga tushib, sahnada jo‘shib raqs tushayotgan bu insonga beixtiyor tasannolar o‘qiysiz.

Oldingi sahifaSahnada “Gulilola”
Keyingi sahifaSahna ortida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun