Sahnada “Gulilola”

Date:

Navro‘z — bo‘y qizlarning husni jamolidek go‘zal, tarovatli, nazokatli. Navro‘z — milliylikka, o‘zlikka yetish fursati. Yangi kun bilan yuzlashgan o‘zbegim borki, bu kunni o‘zgacha, o‘ziga xos nishonlashga tutingan. Ha, Navro‘z — atrofga qarab, go‘zallikka hayrat ila boqayotgan bolajonning nigohidek pok va beg‘ubor. Shuning uchun ham bu kunda ezgu niyatlar qilib, ertangi kunga umid va ishonch bilan boqishni boshlaymiz. Erta tongdan Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz” shiori ostida boshlangan Navro‘z sayillari ham ana shunday yuqori kayfiyatda boshlandi.
Muhtasham saroyga kirganning e’tiborini “Gulilola” raqs ansamlining go‘zal raqqosa qizlari yorug‘ yuz bilan qarshi olib, nazokat ila xirom aylashadi. Egnilaridagi surxoncha libos zap yarashganki, boshlariga qo‘ndirib olgan tugunlari bilan shunday raqsga tushishadiki, boshqa bo‘lganida, albatta, bu tugunlar bir necha bor yer bilan yuzlashardi. Ushbu raqs ansamblida raqs tushayotgan Shohida Shodiyeva, Nilufar Toirovaning ham tajribasi katta. 4-5 yilki, raqsga tushishni o‘ziga sevimli mashg‘ulot deb bilgan qizlarning kasbu korlari, tanlagan sohalari san’atdan yiroq bo‘lsa-da, sevimli mashg‘ulotini tashlashga ko‘zlari qiymaydi. Iroda Ikromova ham raqqosa qizlarga munosib izdosh. Hali raqs ansambliga kelganiga 1 yil to‘lmagan bo‘lsa-da, chaqqonlig-u mahoratda opalaridan sira qolishmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baholar, o‘zlashtirish, maktab ma’lumotlari — “MyGov”da

Ota-onalar endi farzandining maktabdagi o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholari va...

Qatardagi turnirdan uch medal bilan

Qatar poytaxti Doha shahrida Taekwondo WT bo‘yicha xalqaro turnir...

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...
KunTun
KunTun