O‘ral baxshi muxlislar qurshovida

Date:

Navro‘z sayllarida Surxon diyorining turli nuqtalaridan tashrif buyurgan mehmonlar muhtasham saroyda bezatilgan povilyonlarda kezar ekan, tomosha zavqiga berilgan. Ko‘rgazmalar bilan birga, bir tomonda folklor jamoalarning sho‘x-shodon yallalari qulog‘ingizga chalinsa, baxshi va oqinlarning ovozi, do‘mbiralarining sadosi ham e’tiboringizni tortmay qo‘ymaydi.
Bosun povilyonida jo‘shib kuylayotgan O‘ral baxshi Rahimovni muxlislari qurshab olgan. Baxshi uchun bundan ortiq baxt bordi? Bundan jo‘shgan O‘ral baxshi esa har bir tomoshabinni aytimlariga qo‘shib, she’r qilib kuylashga tutingan. O‘zi haqida eshitgan ta’rifdan har bir tomoshabinning qalbi quvonchga to‘ladi.
Ustozi Shoberdi baxshining oq fotihasini olgan O‘ral baxshi o‘nlab dostonlarni yod biladi, qo‘yib bersangiz, o‘n kecha-yu o‘n kunduz to‘xtamay, Alpomish-u Kuntug‘mishdan aytaberadi.

Oldingi sahifaSahna ortida…
Keyingi sahifaMilliy taomlar saylida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun