Pensiya avtomatik tayinlanadi

Date:

2025-yil 1-martdan boshlab yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz (avtomatik) tayinlanadi. Fuqaroning shaxsiga oid barcha maʼlumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi. Pensiya taʼminoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazilmoqda.
Buning uchun fuqarodan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ushbu qulayliklarning yoʻlga qoʻyilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish uchun Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
Qolaversa, pensiya yoshiga yetgan fuqaroning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi. Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.Fuqaroga “avtomatik” pensiya tayinlanganligi yoki pensiya tayinlanishi rad etilganligi haqida SMS xabar yuboriladi.
Fuqaro pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi boʻlgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun