Musobaqa qizg‘in tus oldi

Date:

“Besh tashabbus olimpiadasi” iqtidorli, mahoratli yoshlarni kashf etishda davom etmoqda. Yuragida o‘ti bor, ammo nima ish qilishni bilmay yurgan yoshlarni ham qamrab olgan olimpiadadan ko‘zlangan maqsad ham shu aslida. Sherobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqalarning mahalla bosqichi qizg‘in ravishda o‘tkazildi.


Start chizig‘iga turgan yoshlar raqiblaridan o‘zib ketish uchun chog‘landilar. Har bir ishtirokchini yaqinlari, do‘stlari qo‘llab-quvvatlab turdi. Turgan gapki, qo‘llovlardan ruhlangan yoshlar finish chizig‘iga birinchilardan bo‘lib yetib keldi. O‘g‘il va qizlar 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida qatnashib, g‘olib bo‘lgan yoshlar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun