“Kitob bilan bir kun”

Date:

Kitob bilan bir kun yuzlashgan inson, unga doimo oshno bo‘ladi. Mutolaani kanda qilmaydi. Yoshlar erishayotgan muvaffaqiyatlarning siri ham, kaliti ham ayni shu kitob sababdir. Termiz shahridagi 16-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflari mavjud umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Nozanin Yo‘ldosheva ham ana shunday kitobxon yoshlardan. U “Kitob bilan bir kun” shiori ostida o‘tkazilgan respublika onlayn tanlovida faol ishtirok etib, nominatsiya g‘olibi bo‘ldi.
Nozanin kitobning foydasini yaxshi biladi. Shu sababdan ham sinfdosh-u do‘stlariga doimo o‘zi o‘qigan kitoblarni tavsiya qilib, birgalikda taassurotlarini o‘rtoqlashishni hush ko‘radi. Ana shunday suhbatlarda, qiziqarli muhokamalarda charxlangan qizning natijalari ham yuqori bo‘lishi tayin, albatta.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun