Termiz va Sochi o‘rtasida aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Insonlar yangi hissiyotlar va o‘ziga dam berish yo‘llarini axtaradi. Ular bolaligida ko‘rganlaridan butunlay begona bo‘lgan hissiyotlar kabi yangi narsalarni qidiradi. Turizmga ishtiyoq tug‘diruvchi sabablar haqida gap ketganda, katta-yu kichikning sayohatga chiqish istagi oshadi. O‘zga mamlakatning urf-odatlari, mintaqa tabiati, mazali taomlarni tatib ko‘rish, madaniyati va tarixi, muzey va me’morchiliklarni tomosha qilish barcha insonlar qalbiga zavq ulashadi.
Yangi joylarga sayohat qilishni istagan insonlar soni kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizmni rivojlantirish hamda vohadoshlarimizning Rossiya Federatsiyasiga safarlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yil 1-apreldan boshlab, “Termiz xalqaro aeroporti”dan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning Sochi shahriga “Termiz-Sochi” (Adler) yo‘nalishida yangi aviareys parvozi boshlanadi.
Parvozlar zamonaviy va xavfsiz bo‘lgan “Superjet-100” havo kemasida “Azimut” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi va “Termez-Sochi” (Adler) yo‘nalishida parvoz vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil etadi.
Aviareyslar haftaning dushanba kunlari “Termiz-Sochi” va “Sochi-Termiz” yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun