Hamkorlik memorandumi imzolandi

Date:

Oliygohlarning reytingi qanchalik yuqori bo‘lsa, unda tahsil olishni istovchi yoshlarning safini yanada kengaytiradi. Italiyaning Salento universiteti ham shunday. Nafaqat yepropalik, balki dunyoning turli burchaklaridagi yoshlar ushbu oliygohda o‘qishni, tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishni orzu qilishi sir emas.
Albatta, bunday natijaga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Ilmiy salohiyatning yuqoriligi, ta’limning xalqaro standartlarga moslashib, yoshlar auditoriyasiga mhoirona yetkaza olishda ham gap ko‘p. Ayni paytda ushbu nufuzli universitetning rahbari professor Fabio Pollise boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Termiz davlat universiteti rektori mehmonlarni qabul qildi.


Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Hamkorlikdagi tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy hamda arxeologik tadqiqot rejalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun