HASHAR ELGA YARASHAR

Date:

Bahor kelishi bilan ekin-tikin, obodonlashtirish ishlari boshlab yuboriladi. Chor atrofimiz obod va fayzli, ko‘rkam bo‘lsa, ko‘nglimiz yorishadi, kayfiyatimiz ko‘tariladi. Albatta, Navro‘z bayrami oldi umumxalq hashari o‘tkazilishi ham bot-bot eslatilayotganiga qaramay, vohamiz ahli hashar kunini kutib o‘tirmay, allaqachon obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yuborishgan.
Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida ham barcha mahallalar hududida umumxalq hashari tashkil etilmoqda. Hashar ishlariga tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasa ishchi-xodimlari, ko‘ngillilar ishtirok etib, tozalik, obodonchilik va qurilish ishlarida faollik ko‘rsatishayotir. Qolaversa, mevali va manzarali ko‘chatlar ekib, mehnatga hamdam bo‘lishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun