“Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Date:

Yoshlarning vaqti to‘g‘ri taqsimlansa, ishsizlik yoki illatlar haqida emas, faqat va faqat yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlari xususida so‘z ochamiz. “Besh tashabbus olimpiadasi” esa yigit-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, yuqori natijalarni qayd etib, kelgusi hayoti uchun hal qiluvchi qarorlar qabul qilishga turtki bo‘layotir. Birgina 2023-yilda olimpiada doirasida 20 dan ortiq loyihalar boʻlib oʻtgan boʻlsa, 2024-yil yoshlarimizning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlab, 26 ta loyiha olimpiada tarkibiga kiritildi.
Qolaversa, oʻtgan yili mahalla yoshlari, maktab va professional ta’lim muassasasi oʻquvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan olimpiada loyihalari joriy yilda vazirlik, idora va tashkilot xodimlari oʻrtasida ham boʻlib oʻtishi belgilangani ham yana bir yangilik deyish mumkin.
Termiz shahrida katta tantanalar bilan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turgan gapki, yoshlar marosimni katta xursandchilik bilan o‘tkazishib, olimpiada doirasida bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalariga faol ishtirok etish niyatida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun