Mini-futboldan kurash musobaqalarigacha…

Date:

“Talabalar bahori” yoshlar festivali doirasidagi tadbirlar, musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi. Barcha jabhada yoshlar ishtirokini qamrab olgan festivalda sportchi yoshlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi kubogi uchun mini-futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi.


Musobaqada futbol o‘ynashga usta yoshlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Ya’ni viloyatimizdagi 6 ta OTM talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bellashdi. Futbol o‘yinlarini kuzatish ham tomoshabinlarga bir olam zavq-shavq ulashdi. O‘yin shiddatli, murosasiz holatlarga boy bo‘ldi. Albatta, raqib jamoa darvozasiga gol urish oson kechmadi.


Futbol ishtiyoqmandlari mini-futbol musobaqasini maroq ila kuzatgan bo‘lsa, festival doirasida tashkil etilgan kurash musobaqasi ham unutilmas xotiralarga boy boʻldi. Yuragida o‘ti bor yosh polvonlarning bellashuvi esda qolarli bo‘ldi. Maydonga tushgan polvonlarni kuzatib borayotgan tomoshabinlarning “chala”, “yonbosh”, “ko‘tarib ur”, “halol” deya yangragan hayqiriqlari esa raqiblar zavqini toshirdi. Yakuniy natijalarga koʻra, faxrli oʻrinlarni Termiz davlat universiteti talabalari — Jahongir Mamatrahimov 1-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun