“Talabalar bahori” yoshlar festivali doirasida

Date:

Oilada farzand dunyoga kelsa yoki boshqa ramziy ma’nolarda yaxshi niyat bilan yerga nihol qadaladi. Tug‘ilajak bolaning uzoq umr ko‘rishi, o‘rnatiladigan do‘stlik va hamkorlik rishtalari bardavom va mustahkam bo‘lishi maqsad qilinadi. Yurtimizni bog‘u bo‘stonga, yashil makonga aylantirish masalasi esa so‘nggi yillarda yanada ommalashib, bu yo‘ldagi urinishlarimiz ommaviy harakatga aylanib ketgan.
Surxondaryo viloyatida erta tongdan start olgan “Talabalar bahori” yoshlar festivali ham ana shunday ulug‘ maqsadni ko‘zladi va loyiha doirasida Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqorolarini oʻqitish ta’lim markazida “Hashar – biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Har bir yoshga – bir nihol” aksiyasi oʻtkazildi.
Qalbida ezgu niyat ila yoshlar qo‘llariga nihol, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini olib, ekish ishlarini uyushqoqlik bilan boshladilar. Albatta, har bir daraxt ko‘chatini ekishda hududning iqlimi, tuproq unumdorligi e’tiborga olindi. Turgan gapki, yoshlarimiz o‘zlari ekkan nihollarning gurkirab o‘sishi uchun doimiy ravishda suvlashni, parvarish qilishni o‘z zimmalariga oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun