Daraxtlarga nafas bering

Date:

Tashqi ko‘rinishimizga zeb berib turgan liboslarning qulayligiga, matolarning tabiiyligiga e’tibor qaratamiz. Havo o‘tkazmaydigan kiyim-kechaklar tanamizni bo‘g‘ib qo‘yayotgandek, nafas olishimiz ham qiyinlashadi. O‘z qulayligimizni o‘ylaymiz-u, ammo tabiatni, ekologiyani asrashga yordam berayotgan dov-daraxtlar, yashillikning-da, gurkirab yashnashi uchun munosib shart-sharoit yaratish xayolimizga kelmaydi. Qarov faqat erta bahorda emas, doimiy ravishda bo‘lishi kerak.
Daraxtlarning-da, ostini yumshatish, suvini vaqtida berib, kerakli oziqlar bilan oziqlantirish lozim. Qolaversa, har xil reklama afishalari, e’lonlar ilish uchun tanasini zararlantirmaslik, balki nafas berish shart. Bosh prokuror o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev Termiz shahridagi Nuroniylar choyxonasining yonidagi 10 dan ortiq archa daraxtlarning yon atrofi asfaltlangan holatini ko‘rib, daraxtlar tagini yumshatib, yashil hududga aylantirish topshirig‘ini berdi. Holat tez fursatda bartaraf etilib, daraxtlarning yon atrofidagi asfaltlar olib tashlanib, obod qilinmoqda. Anvoyi gullar ekish choralari ko‘rilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun