Biznes sayohat tashkil etildi

Date:

Sayohat faqat turizm sohasi rivoji uchun xizmat qiladi deydiganlar adashadi. Bu undan-da kengroq tushuncha bo‘lib, sayohat kishiga estetik zavq, olam-olam taassurotlar bilan birga manfaatli, ya’ni foydali ham bo‘lishi, kelajak taqdirimizga tub burilish ham yasashi mumkin. “Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi”, Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda yoshlatni turli kasblarga yo‘naltirish, kasbiy bilim va ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida turli biznes sayohatlari tashkillashtirib kelinmoqda.
Bu galgi sayohat manzili Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida tashkil etilgan 33 sotixli issiqxona bo‘ldi. Yosh sayohatchilar bu yerdagi bir milliondan ortiq turli sabzavot, poliz va gul ko‘chatlari yetishtirayotgan tadbirkor dehqon Boboyor bobo Xolboyevning boy tajribasi bilan tanishdilar. Otaxon sohaga qiziquvchi yoshlarni mehnat faoliyati, issiqxonada yetishtirgan turli ko‘chat navlari hamda yetishtirish usullari bilan tanishtirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun