“Barqaror kelajak sari” g‘oliblari aniqlandi

Date:

Shunday loyiha va g‘oyalar bo‘ladiki, ikkilanish va hadik sabab ro‘yobga chiqmasdan, yo‘qlikka mahkum. Ammo, ularni amaliyotga tatbiq etsak bormi, jamiyat uchun qanchalar foyda keltirishi mumkin. Birinchi navbatda ana shunday jihatlarga e’tibor qaratib, harakatni boshlagan ma’qul.
Boysun tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ham o‘zlarida ishonch bilan “Ho‘l meva, sabzavot chiqindilari va o‘simlik qoldiqlaridan to‘qimachilik mahsulotlari uchun rang tayyorlash va tayyorlangan ip-gazlamadan milliy liboslar hamda sovg‘abob mahsulotlar ishlab chiqarish” loyihasi ustida ishlashdi. Natijaga erishish mumkinligi esa ularning ishtiyoqini yanada oshirgani ham rost.
Ushbu loyiha bilan Toshkent shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qo‘llab-quvvatlash (TexVET )” loyihasining “Barqaror kelajak sari” 2023-2024-yil tanlovida ishtirok etishdi. Buni qarangki, yosh izlanuvchilarimizning loyihasi kengash a’zolariga ma’qul kelib, 1-o‘rinni munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun