Milliy kontent yaratish

Date:

Bugungi shiddat bilan o‘zgarishlar ketayotgan olamda axborotning kuchi nihoyatda katta. Undan har kim o‘z ehtiyojicha foydalanadi. Aslida esa axborot maydonini bugungi davr talabi bilan aytganda, xalqimiz ehtiyojiga mos milliy kontent bilan boyitish lozim. Keng jamoatchilikni vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarning boy merosini tarannum etuvchi media mahsulotlari bilan to‘ldiraylik. Dunyo axborot makonida milliy manfaat va maqsadlarimizni o‘z g‘oyalarimiz, loyihalarimiz bilan o‘z o‘rnimizga ega bo‘laylik.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga muvofiq Termiz davlat universitetida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari, vohalik yosh vaynerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun “Media makonda milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv seminar davomida mavzuga aloqador masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Muhim jihatlar inobatga olinib, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Oldingi sahifaMahorat bilan…
Keyingi sahifaYugurishda birinchi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun