Xorijlik professorlar jalb etiladi

Date:

Har sohada o‘z ishining ustasi jalb qilinar ekan, maqsadu marraga yetish oson kechadi. Shu maqsadda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘quv jarayoniga xorijdan yetakchi professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etishga e’tibor qaratmoqda. Xususan, turkiyalik tibbiyot fanlari doktori professor Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot fakultetiga dekan o‘rinbosari lavozimiga qabul qilindi. Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot yo‘nalishi o‘quv jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va rivojlantirish ishlariga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, universitet “Turk tili markazi”da o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Selcan Sever bilan shartnoma imzolandi.
Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot yo‘nalishida sifatli ta’limni ta’minlash bo‘yicha ilmiy va amaliy ko‘mak berish bilan shug‘ullansa, o‘z navbatida, “Turk tili markazi” faoliyatining rivojlanishi ham talabalarga turk tilini o‘rgatish orqali Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini davom ettirish imkoniyatini beradi. Aytish kerakki, ushbu shartnomalar universitetni rivojlantirish va o‘quv jarayoni sifatini oshirish uchun juda muhimdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun