“Javondagi javohir”

Date:

Kitob ilmu ma’rifat ummonidir. Undan to‘yib-to‘yib qonish esa har bir yoshning ma’naviyatida, dunyoqarashida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga xizmat qiladi. Buni Termiz shahridagi Prezident maktabining ertalabki saflanish vaqtida “Javondagi javohir” nomli kitoblar namoyishida so‘zga chiqqan yoshlarning teran fikrlarini tinglash orqali sezish mumkin bo‘ldi.
Maktab kutubxonachisi M.Abdullayeva hamda o‘quvchilar kutubxonaga yangi keltirilgan adabiyotlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishdi. Albatta, inson o‘zi o‘qigan adabiyot, asar haqida to‘lqinlanib hamda qimmatli tavsiya va ma’lumotlarni bera oladi. Taqdimot davomida so‘zga chiqqan yoshlar adabiyotlarni tavsiya qilishar ekan, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. Ularning fikrlariga quloq tutgan yoshlar ham ishonamizki, ushbu fikrlarga tayanib, tavsiya qilingan asarlarni, albatta, o‘qishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun