TerDu “Huawei” bilan hamkor

Date:

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va turli sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholi hamda yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va foyda keltirishga harakat qilmoqda. Kompaniya bir qator ijtimoiy va ta’lim loyihalarini ham amalga oshirib kelyapti. Ana shunday hamkorlik va ta’lim loyihalari Termiz davlat universiteti bilan boshlanish arafasida.


2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini Termiz davlat universitetida keng joriy qilish maqsadida universitet rahbariyati hamda “Huawei” kompaniyasi vakillari oʻrtasida muzokara olib borildi.
Uchrashuvda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalashning ixtisoslashtirilgan markazini joriy qilish hamda smart universitet loyihasi boʻyicha taklif bildirildi. Markaz AKT sanoati va ushbu yoʻnalishda ishlash, rivojlanish istagini bildirgan iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun