Har bir murojaat e’tiborda

Date:

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolardan kelib tushgan har bir masalani oʻz vaqtida koʻrib chiqish va ijobiy yechim topish bugungi kunda alohida masʼuliyatni talab etadi. Bugungi kunda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyiliga asoslanib, ish olib borilmoqda.
Jumladan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viliyati boshqarmasi tomonidan kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkasiga egalik huquqini olish, tadbirkorlik uchun yer uchastkasini auksionga chiqarish va fuqarolar tomonidan sohaga oid bir qancha kelgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiyligi ta’minlanmoqda.
O‘tkan oy mobaynida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 310 tasi ijobiy hal qilingan. Shu o‘rinda, boshqarma tomonidan telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn audio muloqot hamda sayyor qabullar tashkillashtirilib, fuqarolarning murojaat va e’tirozlari joyida hal etilib, huquqiy tushunchalar berildi.
Termiz shahridagi Farhod mahallasida yashovchi fuqaro A.Xaitovaning yashab kelayotgan uy-joyini kadastr hujjatini rasmiylashtirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaati yuzasidan fuqaroga uy-joyini egaligini tasadiqlovchi xujjatlar bilan my.gov.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi hamda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi ma’lum qilindi.
Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash – eng asosiy maqsad. Zero, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

B.Safarov,
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun