Quvonchbek guvohnomaga ega bo‘ldi

Date:

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasporti yo‘qlar, qonuniy nikohdan o‘tmaganlar loyiha bahonasida hujjatli bo‘lib, bir muammosi ariyotgani aholiga katta qulaylik yaratayotir.
Angor tumanining “Kattaqum” mahallasida yashovchi fuqaro Umida opaning 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘li tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilgani uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan edi. Buni qarangki, o‘sha go‘dak vaqt o‘tib, bugun 9 yoshda. To‘qqiz yoshli bolaning borligi rasman tasdiqlanmagani uning hayotida qiyinchilik tug‘dirmagan deysizmi, albatta, tug‘dirgan. Aksiya sabab Quvonchbek ham hujjatsiz qolmadi, uning ham tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomasi shaxsan adliya vaziri A.Toshqulov tomonidan topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun