“Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi

Date:

Xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, kasb-hunar o‘rganishi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning davomi sifatida “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida bu borada batafsil keltirib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan boshlab “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yosh qamrab olinadi.
Shuningdek, yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi. Bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ikki korxona “GlobalG.A.P.”ga ega

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Denov Agrostar” va “Bravo Agro...

Plogingda yoshlar faol

Termiz davlat universitetining mingga yaqin talabalari “Ekologik madaniyat –...

Dastur ijrosi o‘rganildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kirib boradigan tuman...

Tun-u kun xizmatda

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, tungi iqtisodiyotni...
KunTun
KunTun