Noqununiy yuk to‘xtatib qolindi

Date:

Tamaki mahsulotining qutisida jirkanchli surat, ya’ni insonning chekishi ortidan o‘pkasidagi holatga ko‘zgu tutilganiga qaramay, chekadigan odam chekishni kanda qilmasligidan yomoni, ayanchlisi bo‘lmasa kerak. Bu inson bilib turib, o‘zini chohga itarishdek gap aslida. Eng muhimi, sog‘lom hayot tarziga amal qilib, ichkilik, tamaki mahsulotlaridan voz kechish lozim. Bunday mahsulotlarni biznesga aylantirib foyda olishni maqsad qilganlar uchun ham ma’lum cheklovlar borligi, tamaki mahsulotlarining sotib olish uchun yosh chegarasi borligi ham yoshlarni bu illatlardan qutqarish uchun bir qadam bo‘lsa, boshqa jihatdan manfaat va nafs qutqusi kishilarni qonunlarni buzishga-da olib kelayapti.
Sariosiyodagi bojxona postida vagon bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda aksiz markalari mavjud bo‘lmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 10 milliard 50 million so‘mlik 402 ming quti Esse Change nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan. Yaxshiyamki, bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Aks holda qanchadan-qancha yosh ana shu tamaki mahsulotlarini chekish uchun birinchi qadamni tashlagan, uddaburon tadbirkor esa mahsulotning tannarxidan bir necha barobar ko‘proq daromad olib, oilasini, nafsini nohalol pullar bilan ta’minlagan bo‘lardi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun