Mo‘l hosil olish uchun…

Date:

Qishloq xo‘ajaligi sohasini rivojlantirish uchun eng birinchi navbatda tajriba o‘z ishini ko‘rsatsa, ekinlarga qarov bilan birga mineral o‘g‘itlarning o‘z vaqtida berilishi ham sifatli va mo‘l hosil olishning garovidir. Qolaversa, bugungidek qish-qirovli kunlarda issiqxonada yetarli shart-sharoit va issiqlikni ta’minlay olish ham shart. Shu jihatlarni inobatga olgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, yangi loyiha taqdimoti va energiya tejamkor, ko‘mir bilan isitilib, mahsulot yetishtirilayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “Yangi diyor hamkor baraka” MChJ tomonidan fermer xo‘jaliklariga tumanlararo mineral o‘g‘itlar yetkazib berishni tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi.
“Ozod nurli hayot” MChJ tomonidan 1 gektar maydonda tashkil etilgan energiya tejamkor, ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladigan issiqxonada pomidor va sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Hokim u yerdagi ish jarayonlari bilan tanishib, qishning sovuq kunlari bo‘lishiga qaramay muqobil energiya manbalari hamda issiqxonaning tabiiy issiqlikni saqlash quvvati yordamida mahsulotlar pishib yetilganining guvohi bo‘ldi. Aytish kerakki, har bir hududda mana shunda hosildorlikka erishish uchun munosib shart-sharoit yaratish, MChJ faoliyatini ommalashtirish bugungi davr talabiga aylanmog‘i kerak. Tashrif davomida ayni jihatlarga e’tibor qaratilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun